Live
2
O'zbek

11 yoshli shaxmatchi qiz 38 yillik rekordni yangiladi

Boshqalar
28 oktabr, 07:10
Angliya vakili Bodhana Sivanandan eng yosh xalqaro usta bo‘lish uchun barcha talablarni bajardi.
11 yoshli shaxmatchi qiz 38 yillik rekordni yangiladi
Foto: UzChess

Angliya vakili Bodhana Sivanandan tarixdagi eng yosh ayol xalqaro usta (IM) bo‘lish uchun barcha talablarni bajardi, deb xabar beradi UzChess.

U Chernogoriyada o‘tkazilgan Yevropa klublar kubogining so‘nggi turida shvetsiyalik Viktoriya Yohanssonni mag‘lub etib, 7 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg‘ardi va uchinchi IM normasini qo‘lga kiritdi.

11 yosh, 7 oy va 16 kunligida bu natijaga erishgan Bodhana afsonaviy Yudit Polgarning 1988-yildan buyon saqlanib kelayotgan rekordini yangiladi. U tarixda IM unvoni talablarini eng erta bajargan shaxmatchilar orasida 7-o‘rinni egalladi.

Javohir Sindarov esa ushbu tarixiy ro‘yxatda 6-o‘rinda. O‘zbekiston vakili 2017-yilda, 11 yosh, 6 oy va 16 kunligida xalqaro sport ustasi unvoni talablarini bajargandi.

Ma’lumot uchun, Bodhana Sivanandan sentabr oyida Samarqandda o‘tkazilgan shaxmat olimpiadasida eng yosh ayol grossmeyster (WGM) bo‘lish uchun ham barcha talablarni bajargandi.

Bugungi yangiliklar