Xitoy davlat teleradiokompaniyasi Ispaniya La Ligasi chempionati uchrashuvlarini translyatsiya qilmasligini tasdiqladi va Kilian Mbappe bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan Madridning «Real» klubi bergan izohlarni qabul qilmadi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Avvalroq Mbappe intervyusida o‘ziga eng kulgili tuyulgan mem haqida gapirgan edi. Unda futbolchining yuzi xitoylik siyosatchi Mao Szedun qiyofasiga qo‘yilgan bo‘lib, Mbappe uni «xitoylik diktator» deb atagan.
Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV) «Real» klubidan uzr so‘rashni talab qilmoqda va buni keyingi muzokaralarni davom ettirish uchun majburiy shart sifatida belgilagan.
Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Mbappening shaxsan bildirgan uzrlarini inobatga olganini ma’lum qildi. Biroq mamlakatdagi turli tashkilotlar tomonidan e’lon qilingan boykot bekor qilinadimi-yo‘qmi, bu haqda aniqlik kiritmadi.
Mbappe sabab Xitoyda La Liga o‘yinlari translyatsiyasi to‘xtatildi
Futbol
28 oktabr, 06:50
21
Xitoy markaziy televideniyesi «Real»dan ham uzr so‘rashni talab qilmoqda.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi