Live
4
O'zbek

Tebas Mbappe so‘zlari sabab La Liga nomidan Xitoydan uzr so‘radi

Futbol
27 oktabr, 09:08
    9
Tashkilot prezidenti fransiyalik forvard so‘zlari yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Tebas Mbappe so‘zlari sabab La Liga nomidan Xitoydan uzr so‘radi
Foto: Gettyimages

Ispaniya La Ligasi prezidenti Xaver Tebas «Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappening Xitoyda salbiy munosabatga sabab bo‘lgan shov-shuvli bayonotlari yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

«Biz La Liga nomidan Kilian Mbappening Xitoyda norozilik keltirib chiqargan bayonotlaridan chuqur afsusdamiz. Biz yetkazilgan zararni tushunamiz va La Liga nomidan Xitoy xalqidan chin dildan uzr so‘raymiz.

Ko‘p yillar davomida biz Xitoy bilan — uning hukumati, sport tashkilotlari, televideniye va millionlab ispan futboli muxlislari bilan hurmat, ishonch va hamkorlikka asoslangan munosabatlarni o‘rnatdik.

Biz alohida xatti-harakat bu munosabatlarga soya solishiga yoki professional turnirlarimizdagi 20 nafar klubimiz va millionlab xitoylik muxlislarga zarar yetkazishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Biz ushbu vaziyatni bartaraf etish uchun barcha choralarni ko‘rmoqdamiz va Xitoydagi hamkorlarimiz hamda vakillarimiz bilan bevosita hamkorlik qilmoqdamiz.

Bizning Xitoy va uning xalqiga sodiqligimiz qat’iy bo‘lib qoladi. Yillar davomida qurilgan munosabatlar birgina voqea tufayli zarar ko‘rmasligi kerak», - deyiladi Tebasning X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan xabarida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar