Live
4
O'zbek

Uilyams ketma-ket 16-o‘yinda imkoniyatni boy berdi

Tennis
27 oktabr, 08:45
46 yoshli amerikalik tennischi 2025-yil iyul oyidan beri birorta ham o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti.
Uilyams ketma-ket 16-o‘yinda imkoniyatni boy berdi
Foto: Gettyimages

«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalarning yetti karra chempioni, 46 yoshli amerikalik tennischi Vinus Uilyams ketma-ket 16-uchrashuvida mag‘lubiyatga uchradi. U Guanchjoudagi WTA-250 toifasidagi turnir startida jahon reytingida 53-o‘rinni egallab turgan avstriyalik Lilli Taggerga imkoniyatni boy berdi. Bahs 6:2, 6:2 hisobida Avstriya vakilasi foydasiga hal bo‘ldi.

Vinus-2025-yil-iyul-oyidan beri birorta ham o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti. Guanchjougacha amerikalik so‘nggi marta US Open turnirida kortga chiqqan edi. Musobaqa boshida-u-hamyurti Sofiya Keninga 2:6, 6:7 (6:8) hisobida imkoniyatni boy berdi.

Avvalroq-Uilyams-2-noyabr-kuni-Guanchjoudagi-musobaqadan-so‘ng darhol boshlanadigan Gonkongdagi WTA-250 turnirida ishtirok etishi ma’lum bo‘lgandi.

Bugungi yangiliklar