«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flikning faoliyatiga baho berdi. Klub rahbarining fikricha, germaniyalik mutaxassis kataloniyaliklar jamoasi uchun ayni paytdagi ideal murabbiy hisoblanadi.
«Hans-Diter jamoamiz uchun ideal murabbiy. U bizning uslubimizni tushunadi. Flikni falsafasi sababli tanlaganmiz. U jamoalarida yo‘lga qo‘yadigan vertikal futbol bizga yoqadi.
Flik o‘yinni uchta asosiy tamoyilga quradi: pressing, to‘pga egalik qilish va pozitsiyani to‘g‘ri tanlash», — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.
Laportaning fikricha, Flikning futbolga bo‘lgan yondashuvi «Barselona»ning o‘yin falsafasiga mos keladi. Murabbiy jamoada to‘pni nazorat qilish bilan birga, hujumlarni tez va vertikal yo‘nalishda tashkil etishga urg‘u beradi.
Ma’lumot uchun, Hans-Diter Flik 2024 yil iyulidan buyon «Barselona» bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, germaniyalik mutaxassisning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi