«Barselona» prezidenti Joan Laporta La Liga 10-turi doirasida «Real»ga qarshi kechgan va 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
«Bu og‘ir zarba, ammo futbolchilarimiz yosh va tezda o‘zlariga kelishadi. Murabbiy yuz bergan voqealarni tezkorlik bilan tahlil qildi. Oldimizda hali uzoq masofa bor.
Raqib jamoamizning asosiy futbolchilarini zich qo‘riqladi. Biz hamon birinchi o‘rindamiz. Maqsadlarimiz esa o‘zgarishsiz qolmoqda», — dedi Laporta.
Qayd etish lozim, Flik jamoasining ushbu mag‘lubiyatidan so‘ng top-5 ligalarda ochko yo‘qotmagan jamoa qolmadi.
Ma’lumot o‘rnida, «Barselona» La Liga turnir jadvalida 27 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi pog‘onani 25 ochko jamg‘argan «Atletiko», uchinchi o‘rinni esa 24 ochko to‘plagan «Real» egallagan.