«Komo» klubi hujumchisi Anastasios Duvikas bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati rasman ma’lum qildi.
Yangi kelishuv 27 yoshli gretsiyalik futbolchi bilan 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Shartnomaning moliyaviy shartlari hozircha oshkor etilmagan.
Duvikas 2025 yildan buyon «Komo» sharafini himoya qilib kelmoqda. U shu vaqt davomida jamoa safida barcha musobaqalarda 68 ta bahsda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Italiya chempionatining sakkiz turidan keyin «Komo» 17 ochko bilan turnir jadvalining beshinchi pog‘onasini egallab turibdi.