«Santos» hujumchisi Neymar Braziliya chempionati doirasida «Baiya»ga qarshi kechgan bahsda maydondan chetlatildi. 1:1 hisobida yakunlangan bellashuvda 34 yoshli futbolchi raqib jamoa vakili bilan tortishuv vaqtida og‘zini qo‘li bilan berkitgani uchun qizil kartochka oldi.
Ushbu holat Neymar uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Euro-Futbol.Ru nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik hujumchi olti o‘yingacha diskvalifikatsiya qilinishi ehtimoli bor.
Yaqin kunlarda intizomiy yig‘ilish o‘tkazilib, futbolchiga nisbatan yakuniy qaror qabul qilinadi. Hozircha Neymar qanday muddatga diskvalifikatsiya qilinishi rasman ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, Neymar ushbu mavsumda Braziliya chempionatida «Santos» safida 15 ta bahsda maydonga tushib, sakkizta gol urdi. Uning to‘rtta goli penaltidan kiritilgan. Shuningdek, hujumchi uchta golli uzatmani amalga oshirgan.