«Real» televideniyesi o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasida «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn g‘olib bo‘lganini e’tirof etdi.
Angliyalik futbolchi ovoz berish jarayonida birinchi o‘rinni egallab, «Real» hujumchisi Kilian Mbappe va «Barselona» vingeri Lamin Yamalni ortda qoldirdi. Madridliklar klub televideniyesi orqali taqdirlash marosimini jonli kuzatib bordi.
«Albatta, «Real» muxlislarining umidi Kilian Mbappe bilan bog‘liq edi. Biroq taxminlar o‘zini oqladi.
Endi esa «Bavariya» futbolchisini tabriklaymiz! Angliya milliy jamoasi a’zosini g‘alaba bilan qutlaymiz!
Kilian Mbappega kelsak, uning oldida hali imkoniyatlar bo‘ladi. Harri Keynni tabriklaymiz. Mbappening ushbu sovringa da’vogarlik qilishi uchun jiddiy asoslar bor edi, ammo Keynning g‘alabasi, shubhasiz, munosib.
Keyn — ajoyib futbolchi, uning faoliyati ham tahsinga sazovor. Biz bilan birga bo‘lganingiz uchun rahmat», — dedi telekanal boshlovchisi.
Ma’lumot o‘rnida, Keyn faoliyatida ilk bor «Oltin to‘p» sovriniga sazovor bo‘ldi. U o‘tgan mavsumda «Bavariya» bilan Germaniya chempionligi, mamlakat kubogi va superkubogini qo‘lga kiritdi. Angliya milliy jamoasi bilan esa 2026 yilgi jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi.