Live
4
O'zbek

«PSJ» «Chelsi» vingerini transfer maqsadlari ro‘yxatiga kiritdi

Futbol
27 oktabr, 05:08
Parij klubi 19 yoshli braziliyalik Estevaoga qiziqish bildirmoqda.
«PSJ» «Chelsi» vingerini transfer maqsadlari ro‘yxatiga kiritdi
Foto: Getty Images

«Chelsi»ning qanot hujumchisi Estevao Vilyan «PSJ» e’tiboriga tushdi. But! Football Club nashri xabariga ko‘ra, Fransiya klubi 19 yoshli braziliyalik futbolchini transfer uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritgan.

Manbaga ko‘ra, Estevao parijliklar kuzatayotgan yagona futbolchi emas. «PSJ»ning qisqa ro‘yxatida «Atletik» vingeri Niko Uilyams ham bor.

Mish-mishlarga ko‘ra, «PSJ» qishki transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun taxminan 80 million yevro sarflashni rejalashtirmoqda. Biroq ushbu mablag‘ning aynan Estevao transferiga yo‘naltirilishi haqida ma’lumot berilmagan.

Braziliyalik futbolchi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda sakkizta bahsda maydonga tushdi, ammo hozircha gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.

Ma’lumot uchun, Estevaoning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilgacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar