Londondagi «Palladium» teatrida «Oltin to‘p-2026» marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Bosh sovringa qadar bir qator nominatsiyalarda eng yaxshilar aniqlanmoqda.
Yilning eng yaxshi klubi sifatida qatorasiga ikkinchi bor «PSJ» e’tirof etildi. Fransiya jamoasi o‘tgan mavsumda Chempionlar Ligasi, Liga 1 va Fransiya superkubogida g‘olib bo‘lgandi.
Eng yaxshi ayollar klubi sovrini esa YeChL g‘olibligini qo‘lga kiritgan «Barselona»ga berildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili «PSJ» (erkaklar) va «Arsenal» (ayollar) eng yaxshi klublar deb topilgan.
«PSJ» — qatorasiga ikkinchi yil eng yaxshi klub
Futbol
26 oktabr, 18:00
11
Ayollar o‘rtasida esa «Barselona» e’tirof etildi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi