Londondagi «Palladium» teatrida «Oltin to‘p-2026» marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Bosh sovringa qadar bir qator nominatsiyalarda eng yaxshilar aniqlanmoqda.
Marosimda yilning eng yaxshi murabbiyi deb Ispaniya milliy jamoasi ustozi Luis de la Fuente e’tirof etildi. Ispaniyalik mutaxassis yozda «qizil furia» bilan AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkazilgan Jahon chempionatida zafar quchdi.
De la Fuente sovrin uchun kurashda o‘tgan yilgi g‘olib Luis Enrike («PSJ»), Mikel Arteta («Arsenal»), Unai Emeri («Aston Villa») va Vensan Kompanini («Bavariya») ortda qoldirdi.
Ayollar o‘rtasida esa «Barselona» ustozi Pere Romeu eng yaxshi murabbiy deb topildi.
De la Fuente — yilning eng yaxshi murabbiyi
Futbol
26 oktabr, 17:20
27
Ispaniya milliy jamoasi ustozi yozda «qizil furia»ni Jahon chempioniga aylantirgandi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi