Angliya poytaxti Londonda «Oltin toʻp-2026» marosimi boʻlib oʻtmoqda.
Marosimda yilning eng yaxshi darvozaboni ham aniqlandi va Lev Yashin sovrini Bilbaoning «Atletik» klubi posboni Unai Simonga nasib etdi.
Ispaniya milliy jamoasining 29 yoshli aʼzosi yozda oʻtgan mundialda «qizil furiya» bilan Jahon chempioniga aylandi. U turnirda atigi bir bor toʻp oʻtkazib yubordi.
Simon sovrin uchun kurashda Tibo Kurtua («Real»), Emiliano Martines («Chelsi»), Matvey Safonov («PSJ») va David Rayyani («Arsenal») ortda qoldirdi.
Ayollar oʻrtasida esa «Barselona» klubi aʼzosi Kata Koll eng yaxshi darvozabonga aylandi.
Unai Simon — yilning eng yaxshi darvozaboni
Futbol
26 oktabr, 17:40
13
Ispaniya milliy jamoasi bilan jahon chempioni boʻlgan «Atletik» posboni Lev Yashin sovrinini qoʻlga kiritdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi