Live
1
O'zbek

Vali Sultonov: «Mag‘lubiyat uchun muxlislarimizdan uzr so‘rayman»

Eksklyuziv
26 oktabr, 16:33
Sultonov matbuot anjumanida qatnashdi.
Vali Sultonov: «Mag‘lubiyat uchun muxlislarimizdan uzr so‘rayman»
Фото: Хоразм ПФК
26.10.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Xorazm Xorazm 1 : 2 Navbahor Namangan Navbahor Namangan

Bugun Superligada 25-turning so‘nggi o‘yini bo‘lib o‘tdi. Urganchda «Xorazm» klubi Namanganning «Navbahor» jamoasini qabul qildi. O‘yin esa 1:2 hisobida mehmonlarning foydasiga hal bo‘ldi.

Bellashuvdan so‘ng urganchliklar bosh murabbiyi Vali Sultonov matbuot anjumanida qatnashdi.

- «Navbahor» jamoasiga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Afsuski, o‘yin boshlangach, tezkor gol o‘tkazib yubordik. Bu esa o‘yinimizga ta’sir ko‘rsatdi. Futbolchilarimizga katta rahmat, oxirigacha kurashishdi. Baribir «Navbahor» ham kuchli jamoa. Afsuski, bugun omad kulib boqmadi. Ikkinchi taymda harakat qildik, gol urdik. Baribir omad kelmadi. Mag‘lubiyat uchun muxlislarimizdan uzr so‘rayman. Keyingi o‘yinda oldimizda yana muhim bahs turibdi. Jiddiy tayyorlanamiz.

- «Navbahor» chempionatda sovrinli o‘rinlar uchun kurashyapti va Kubokda yarim finalga ham chiqdi. Imkoniyatini qanday baholaysiz?

- «Navbahor» juda kuchli jamoa, ularga omad tilayman. Mana, ko‘ryapsizlar, hozirda chempionatda sovrinli o‘rinlarga kurashyapti. Kubokda ham bu yog‘i Allohdan. Omad tilayman.

- «Xorazm» jamoasi oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?

- «Xorazm»ni Superligada olib qolish. Hali imkoniyatimiz bor. Oldimizda muhim uchrashuvlar kutyapti. Har bir o‘yinda g‘alaba uchun kurashib, jamoamiz muxlislarini xursand qilishga harakat qilamiz», - deya Vali Sultonovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xorazm Xorazm
  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar