Live
25
O'zbek

«Barsa» — klasikodagi mag‘lubiyatga qaramay, La Liga g‘olibligi uchun yaqqol favorit (Opta)

Futbol
26 oktabr, 13:05
Superkompyuter hamon kataloniyaliklarga katta ustunlik bermoqda.
«Barsa» — klasikodagi mag‘lubiyatga qaramay, La Liga g‘olibligi uchun yaqqol favorit (Opta)
Foto: FC Barcelona
25.10.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 1 : 2 Real Madrid Real Madrid

«Real»ning «Barselona» ustidan «El Klasiko»dagi 2:1 hisobidagi g‘alabasi La Ligadagi chempionlik uchun kurashdagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatmadi, deb hisoblamoqda Opta.

Superkompyuter prognozlariga ko‘ra, kataloniyaliklar chempionlik uchun kurashda hamon yaqqol favorit bo‘lib qolmoqda. Flik jamoasining chempion bo‘lish ehtimoli 66,7 foizga baholanmoqda.

Opta reytingida «Real» ikkinchi o‘rinda. Madridliklarning chempionlikni qo‘lga kiritish ehtimoli 24,2 foizni tashkil etmoqda. Keyingi o‘rinlarda «Atletiko» (8,4%) va «Betis» (0,6%) joylashgan. Qolgan jamoalarning chempion bo‘lish ehtimoli 0,1 foizdan kam.

La Liga turnir jadvalida «Barselona» 27 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Atletiko» kataloniyaliklardan 2 ochko, «Real» esa 3 ochko ortda qolmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar