Live
6
O'zbek

London meri: «Keyn — futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri»

Futbol
27 oktabr, 12:33
Angliya poytaxti meri Sodiq Xon milliy jamoa yetakchisini tabrikladi.
London meri: «Keyn — futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri»
Foto: Gettyimages

London meri Sodiq Xon «Bavariya» hujumchisi va Angliya milliy jamoasi sardori Harri Keynni «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi.

«Angliya milliy jamoasi sardori, Londonda tug‘ilgan Harri Keyn «Oltin to‘p» sohibiga aylanganidan juda xursandman. Bu o‘tgan mavsumda klub va milliy jamoa safida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, 73 ta gol urganidan so‘ng, munosib e’tirofdir. Uning yozda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidagi ajoyib o‘yinini, jumladan, «Atsteka» stadionidagi o‘sha sehrli oqshomda Meksika darvozasiga kiritgan g‘alaba golini kim ham unuta olardi? Birinchi «Oltin to‘p»ni angliyalik ser Stenli Metyuz qo‘lga kiritganidan 70-yil o‘tib, marosim birinchi marta Londonda o‘tkazilgani ramziy ma’noga ega. Keyn nafaqat «Tottenhem» va Angliya milliy jamoasining afsonasi, balki endi rasman barcha davrlarning eng buyuk futbolchilaridan biri» - deb yozdi Xon.

Ma’lumot uchun, Keyn 2001-yildan beri «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan birinchi ingliz futbolchisi bo‘ldi. O‘shanda mukofot Maykl Ouenga topshirilgandi.

Bugungi yangiliklar