«PSJ» klubi «Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopesni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, parijliklar rahbariyati ispaniyalik 23 yoshli yarim himoyachining transferi bo‘yicha «ko‘k-anorranglilar»ga taklif tayyorlamoqda.
Shuningdek, Lopes xizmatiga «Arsenal» va «Chelsi» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Lopesning «Barselona» bilan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi. Uning transfer qiymati 110 million yevroni tashkil etadi.
Avvalroq «Chelsi»ning qanot hujumchisi Estevao Vilyan «PSJ» e’tiboriga tushgani haqida xabarlar tarqalgandi.