«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi. Undan APL tarixidagi eng yaxshi to‘purar Alan Shirerning rekordini yangilash uchun Angliyaga qaytishni rejalashtirayotgani so‘raldi.
«Hozir emas, aniqrog‘i, hozircha bunday rejam yo‘q. Myunxendagi hayot menga juda yoqadi. «Bavariya» — buyuk klub. Bizda ajoyib jamoa va zo‘r murabbiy bor. Shu sabab hozir butun e’tiborimni aynan shu yerga qaratganman», — deya Keynning so‘zlarini keltiradi Goal portali.
Angliyalik hujumchi APLda jami 213 ta gol urgan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha undan oldinda faqat Alan Shirer bormoqda. Sobiq hujumchi Premyer-ligada 260 ta gol muallifi hisoblanadi. Demak, Keyn rekordni yangilash uchun yana 48 ta gol urishi kerak.
Ma’lumot uchun, Harri Keyn «Bavariya» safida 2023-yilning yozidan buyon to‘p tepmoqda. Hujumchi Germaniya klubiga «Tottenhem»dan o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, 26-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan «Oltin to‘p» topshirish marosimida Harri Keyn g‘olib deb topildi.