Live
3
O'zbek

Karrager: «Tottenhem»da Keyn hech qanaqasiga «Oltin to‘p»ni yuta olmasdi»

Futbol
27 oktabr, 09:58
Sobiq himoyachi «Bavariya»ga transfer forvard sovrinni yutishigda hal qiluvchi ahamiyat kasb etganini ta’kidladi.
Karrager: «Tottenhem»da Keyn hech qanaqasiga «Oltin to‘p»ni yuta olmasdi»
Foto: Gettyimages

«Liverpul»ning sobiq futbolchisi Jeymi Karragerning ta’kidlashicha, Harri Keynning «Tottenhem»dan «Bavariya»ga o‘tishi hujumchining «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishida hal qiluvchi rol o‘ynagan.

«Bu u amalga oshirishi kerak bo‘lgan transfer edi. Men uni Premer-ligadagi eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekordga mukkasidan ketgan deb o‘ylagandim, lekin aslida uni nafaqat bu, balki barcha to‘purarlik rekordlari qiziqtiradi. Bundan tashqari, transfer unga Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish va «Oltin to‘»ga da’vogarlik qilish uchun ajoyib imkoniyat berdi. Harri Keyn «Tottenhem»da o‘ynashda davom etsa, «Oltin to‘p»ni hech qachon qo‘lga kirita olmasdi» - deya Karragerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports.

Ma’lumot uchun, Keyn 2023-yilning yozida «Tottenhem»dan «Bavariya» safiga borib qo‘shilgan edi. Kecha, 26-oktyabr, kuni u «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar