Rossiya milliy jamoasi va Londonning «Arsenal» klubi sobiq futbolchisi Andrey Arshavin Angliya premer-ligasida yoki Chempionlar Ligasida zafar quchish qiyinroqmi, degan-savolga o‘z fikrini bildirdi.
«APLni yutish qiyinroqmi yoki Chempionlar Ligasida zafar quchishmi? Men uchun… Men na u musobaqada, na bunisida g‘olib bo‘lganman. Shuning uchun imkoniyatlarni bir xil degan bo‘lardim», - dedi sobiq hujumchi intervyuda.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik sobiq forvard 2009 — 2013 yillarda London jamoasi sharafini himoya qilgan. Andrey Arshavinning faoliyatidagi eng yorqin lahzalardan biri «Arsenal»ning «Liverpul»ga qarshi o‘yinidagi poker hisoblanadi.