«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa sardori Bruno Fernandeshni sotish variantini ko‘rib chiqmoqda. Football Insider jurnalisti Pit O’Rurkning ma’lum qilishicha, bunga futbolchining klubni tanqid qilgani sabab bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, Manchester klubi 32 yoshli portugaliyalik yarimhimoyachi bilan hamkorlikni tugatmoqchi, ammo undan transfer puli olishni maqsad qilgan. Shu sababli rahbariyat futbolchi bilan shartnomani uzaytirib, mavsum yakunlanganidan keyin uni sotish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Fernandeshning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. Agar kelishuv uzaytirilmasa, klub futbolchini shartnomasi tugashidan oldin sotish masalasini hal qilishi kerak bo‘ladi.
Portugaliyalik futbolchi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 11 ta bahsda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali 32 yoshli Fernandeshning bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.