Live
3
O'zbek

Matteus: «Keyn maydonda ham, undan tashqarida ham «Bavariya»ning yuzidir»

Futbol
27 oktabr, 10:00
Germaniya futboli afsonasi Harri Keynning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi Bundesliga uchun ham muhimligini aytdi.
Matteus: «Keyn maydonda ham, undan tashqarida ham «Bavariya»ning yuzidir»
Foto: Getty Images

«Bavariya» klubi va Germaniya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Lotar Matteus Harri Keynning 2026 yilgi «Oltin to‘p» sovrini sohibiga aylangani haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, angliyalik hujumchi nafaqat maydonda, balki jamoadan tashqarida ham klubning muhim vakili hisoblanadi.

«Keyn maydonda ham, undan tashqarida ham «Bavariya»ning yuzidir. U kiyinish xonasida muhim rol o‘ynaydi, yosh futbolchilar undan maslahat so‘rashi mumkin. U muxlislar bilan muloqot qilishga ochiq va OAV bilan ham yaxshi munosabatda.

Unda haqiqiy professional futbolchidan kutadigan barcha fazilatlar mujassam. Shu sababli nafaqat uning o‘zi, balki klub va butun liga uchun ham xursandman. Eng nufuzli individual sovrin sohibining Germaniyada o‘ynayotgani Bundesligaga xalqaro maydonda qo‘shimcha turtki berishi mumkin», — deya Matteusning so‘zlarini keltiradi Sky Sport Germany.

Ma’lumot uchun, Harri Keyn 2023 yil yozida «Tottenhem»dan «Bavariya»ga o‘tgan. U 26-oktyabr kuni faoliyatida ilk bor «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Keynning ushbu yutug‘i Germaniya klubi futbolchisi uchun 30 yillik tanaffusdan keyin «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish bilan bog‘liq tarixiy voqea sifatida e’tirof etilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar