Angliya poytaxti Londondagi «Palladium» teatrida «Oltin to‘p-2026» marosimi bo‘lib o‘tdi.
Asosiy sovrin — mavsumning eng yaxshi futbolchisiga atalgan «Oltin to‘p»ni «Bavariya» klubi va Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn qo‘lga kiritdi.
33 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda myunxenliklar bilan Bundesliga, Germaniya kubogi va superkubogida zafar quchdi. Angliya milliy jamoasi bilan esa Jahon chempionatida bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Harri 73 ta gol bilan mavsumning eng yaxshi to‘purariga aylandi.
Keyn 25 yillik tanaffusdan so‘ng «Oltin to‘p»ni yutgan ilk inglizga aylandi. Oxirgi bor angliyaliklardan Maykl Ouen 2001-yili bu sovringa erishgandi.
«Bavariya» hujumchisi sovrin uchun kurashda Kilian Mbappe, Lamin Yamal, Rodrigo va Lionel Messi kabi yulduzlarni ortda qoldirdi.
Top-10 quyidagicha:
1. Harri Keyn («Bavariya», Angliya)
2. Kilian Mbappe («Real», Fransiya)
3. Lamin Yamal («Barselona», Ispaniya)
4. Rodrigo («Barselona», Ispaniya)
5. Lionel Messi («Inter Mayami», Argentina)
6. Xvicha Kvaratsxeliya («PSJ», Gruziya)
7. Usmon Dembele («PSJ», Fransiya)
8. Erling Holand («Manchester Siti», Norvegiya)
9. Maykl Olise («Bavariya», Fransiya)
10. Fabian Ruis («PSJ», Ispaniya)
Ayollar o‘rtasida esa «Oltin to‘p» Ispaniya milliy jamoasi yarim himoyachisi Aleksia Putellasga nasib etdi. U uchinchi bor tengsiz futbolchiga aylandi.
Harri Keyn — «Oltin to‘p-2026» sohibi
Futbol
26 oktabr, 19:10
144
«Bavariya»ning 33 yoshli hujumchisi ovozlar soniga ko‘ra Mbappe, Yamal, Messi va Rodri kabi yulduzlarni ortda qoldirdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi