Live
4
O'zbek

«Oltin to‘p» saytida Yamal, Mbappe va Keynning sovrinni yutishiga bag‘ishlangan maqolalar paydo bo‘ldi

Futbol
26 oktabr, 15:15
Manbalarga ko‘ra, tashkilotchilar saytdagi «xatolik»dan «shok holati»da.
«Oltin to‘p» saytida Yamal, Mbappe va Keynning sovrinni yutishiga bag‘ishlangan maqolalar paydo bo‘ldi
Foto: Getty Images

«Oltin to‘p» saytida turli futbolchilarning g‘alabasi haqidagi maqolalar paydo bo‘ldi, so‘ng ular o‘chirildi.

France Football nashri talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofotni topshirish marosimi 26-oktabr kuni (Toshkent vaqti bilan 27-oktabrga o‘tganda) Londonda bo‘lib o‘tadi.

Tadbir boshlanishidan biroz oldin «Oltin to‘p»ning rasmiy saytida mukofot sohiblari haqida uchta turli maqola paydo bo‘ldi: ulardan biri Harri Keyn, ikkinchisi Kilian Mbappe, uchinchisi esa Lamin Yamalga bag‘ishlangan edi.

Daily Mail jurnalisti Neytan Saltning yozishicha, tashkilotchilar «shok holatida» va yuz bergan voqea sabablarini aniqlash uchun tekshiruv olib bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Bavariya Bavariya
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar