Live
5
O'zbek

Elit OChL. «Neftchi» «Al Ittihod»dan 90+1-daqiqada to‘p o‘tkazib, alamli mag‘lubiyatga uchradi

Futbol
26 oktabr, 11:50
    199
Marokash milliy jamoasi hujumchisi An Nosiri jarimadan gol urib, jiddaliklarga g‘alaba keltirdi.
Elit OChL. «Neftchi» «Al Ittihod»dan 90+1-daqiqada to‘p o‘tkazib, alamli mag‘lubiyatga uchradi
Foto: PFC Neftchi
26.10.2026 FT Osiyo Chempionlar Ligasi Neftchi Fargona Neftchi Fargona 1 : 2 Al-Ittihad Al-Ittihad

OFK Elit Osiyo Chempionlar Ligasida 3-tur Farg‘onadagi o‘yin bilan start oldi.

O‘zbekiston chempioni «Neftchi» Saudiya Arabistonining «Al Ittihod» klubini qabul qilib, kambek qurboni bo‘ldi. Iskanderovning goliga Auar va 90+1-daqiqada An Nosiri javob berdi.

Ilk g‘alabasiga erishgan Jidda klubi ochkolarini 4 taga yetkazib, 7-o‘ringa ko‘tarildi. 3 ochkosi bor Islom Ismoilov jamoasi hozircha 9-pog‘onaga tushdi.

Elit OChL. 3-tur
Neftchi — Al Ittihod 1:2

26 oktabr, Farg‘ona, «Istiqlol» stadioni
Gollar: Jamshid Iskanderov (17, penalti) — Hussam Auar (35), Yusuf An Nosiri (90+1).
Neftchi — Botirali Ergashev, Mishel Augusto, Boyan Tsiger (Anvar G‘ofurov, 46), Abror Ismoilov (Xurshid G‘iyosov, 80), Vladimir Yovovich (Yan Sasse, 46), Jamshid Iskanderov, Alisher Odilov (Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 70), Farrux Sayfiev, Koffi Kuao, Ratinio, Markus Forss (Asilbek Jumayev, 87).
Al Ittihod — Predrag Raykovich, Danilu Pereyra, Richard Rios, Saad Al Musa, Hussam Auar (Muoz Fag‘ihiy, 90+3), Muhannad Ash Shanqitiy, Jorjino Veynaldum (Muxtor Ali, 63), Faris Rifat, Dion Lopi (Ahmad Al G‘amdi, 73), Stiven Bergveyn (Marvan As Sahafiy, 73), Jorj Ilenikhena (Yusuf An Nosiri, 63)
Ogohlantirishlar: Mishel Augusto (33), Richard Rios (81), Farrux Sayfiev (89).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Al-Ittihad Al-Ittihad
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

199 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar