Bugun
45
O'zbek

Superligadagi markaziy o‘yin: «Paxtakor» — «Neftchi». Prevyu

Futbol
22 oktabr, 08:00
Chempionatning 25-turida Toshkentda o‘zbek futbolining klassik qarama-qarshiliklaridan biri bo‘lib o‘tadi.
Superligadagi markaziy o‘yin: «Paxtakor» — «Neftchi». Prevyu
Foto: PFL
23.10.2026, 10:00 O‘zbekiston Superligasi Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent - : - Neftchi Fargona Neftchi Fargona

23 oktabr, juma kuni Superliganing 25-turi doirasida «Paxtakor» o‘z maydonida «Neftchi»ni qabul qiladi. Ushbu bahs oldidan jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlar statistikasiga nazar tashlaymiz.

Ma’lumot uchun, jamoalar O‘zbekiston chempionatlari tarixida o‘zaro 63 ta bahs o‘tkazgan. Shulardan 31 tasida «Paxtakor» g‘alaba qozongan, 10 ta o‘yin durang bilan yakunlangan, 22 ta bahsda esa «Neftchi» ustun kelgan. Toshkentliklar raqib darvozasiga 104 ta gol urib, o‘z darvozasidan 71 ta to‘p olib chiqqan.

Toshkentda o‘tkazilgan bahslarda ham «Paxtakor» ustunlikka ega. «Sherlar» 22 ta g‘alabaga erishgan, «Neftchi» esa 6 bor zafar quchgan. Yana 3 ta o‘yin durang bilan yakunlangan. Toshkentliklar o‘z maydonida 61 ta gol urib, 18 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro bahslarda «Paxtakor» 11 marta yirik g‘alabaga erishgan. «Neftchi» hisobida esa 3 ta shunday g‘alaba bor. «Sherlar»ning eng yirik g‘alabasi 6:0, farg‘onaliklarning eng yaxshi natijasi esa 4:0 hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor» va «Neftchi» o‘rtasidagi bahs 23 oktabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida soat 19:00 da boshlanadi.

Foto: Paxtakor FK

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar