Bugun
45
O'zbek

Pike «El Klasiko»da «Barselona»ning yirik g‘alabasini kutmoqda

Futbol
22 oktabr, 06:00
«Barselona»ning sobiq himoyachisi kataloniyaliklar «Real»ni 4:1 hisobida mag‘lub etishini taxmin qildi.
Pike «El Klasiko»da «Barselona»ning yirik g‘alabasini kutmoqda
Foto: Getty Images
25.10.2026, 16:00 Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona - : - Real Madrid Real Madrid

«Barselona»ning sobiq himoyachisi Jerard Pike bo‘lajak «El Klasiko» bahsi uchun o‘z taxminini bildirdi. Barça Universal nashri keltirgan uning fikricha, kataloniyaliklar 25-oktyabr kuni «Real» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonishi mumkin.

«El Klasiko» uchun taxminim qanday? Mourinio ilk bor «Kamp Nou»ga kelganida, beshta gol o‘tkazib yuborib, 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Bu safar «Barselona»ning 4:1 hisobidagi g‘alabasini taxmin qilyapman», — dedi Pike.

Ma’lumot uchun, «Barselona» va «Real» Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida 25-oktyabr, yakshanba kuni to‘qnash keladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi sakkizta o‘zaro bahsning yettitasida «Barselona» g‘alaba qozongan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar