«Brayton» yarim himoyachisi Yasin Ayari qishki transferlar oynasida boshqa klubga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 23 yoshli futbolchi xizmatlariga bir qator Yevropa klublari, jumladan, «Chelsi», «Milan» va Dortmundning «Borussiya» jamoalari qiziqish bildirmoqda. Biroq shvetsiyalik futbolchi uchun kurashda ular Saudiya Arabistoni klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. «Brayton» esa Ayarining transfer qiymatini 40–60 million yevro atrofida baholamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, yarim himoyachi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yil yozida yakuniga yetadi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Ayarining transfer qiymati 45 million yevroni tashkil qiladi. Avvalroq «Brayton» vakillari APLda oyning eng yaxshilari deb topilgani ma’lum qilingandi.