«Real» himoyachisi Trent Aleksander-Arnold faoliyatini yana APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Saymon Fillips xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, futbolchi xizmatlariga Londonning «Chelsi» klubi, aniqrog‘i, jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso qiziqish bildirmoqda. Biroq «ko‘klar» futbolchi uchun kurashda «Liverpul» bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Mersisaydliklar ham klub tarbiyalanuvchisini jamoaga qaytarish variantini ko‘rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, Trent hozircha Joze Mourinyoning rejalariga kirmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Trent 2025 yilning yozida «qirollik klubi» futbolchisiga aylangan. Uning «Liverpul»dan muddatidan oldin ketishi uchun madridliklar Angliya klubiga 10 million yevro to‘lagan.
Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli himoyachi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta assist amalga oshirgan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 60 million yevro deb baholamoqda.
Avvalroq Trent Mourinyo «Real»ga yangi mavsumda sovrinlar yutishda yordam berishi haqida gapirib o‘tgandi.