Bugun
45
O'zbek

Mourinyo: «O‘tkazib yuborilgan gol yoqmadi, Kurtua bunga loyiq emas edi»

Futbol
21 oktabr, 23:00
«Real» bosh murabbiyi «Leyptsig»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Mourinyo: «O‘tkazib yuborilgan gol yoqmadi, Kurtua bunga loyiq emas edi»
Foto: Getty Images
21.10.2026 FT Chempionlar ligasi Real Madrid Real Madrid 4 : 1 Leypsig Leypsig

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 3-turi doirasidagi «Leyptsig»ga qarshi o‘yin (4:1)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Natijadan mamnunman. Birinchi bo‘lim past sur’atda o‘tdi, ammo tezlikni oshirganimizdan keyin hammasi o‘zgardi. O‘tkazib yuborilgan gol yoqmadi, ajoyib seyvlar qilgan Kurtua bunga loyiq emas edi.

Hozir 9 ochkomiz bor va pley-offga chiqishga yaqinmiz. Biroq to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma uchun kerak bo‘lgan 15 ochkodan hali ancha uzoqdamiz. Afinada qiyin bo‘ladi, chunki ikki kundan keyin Valensiyada o‘ynaymiz.

Diomande maydonga klassikoni emas, shu o‘yinni o‘ylab tushdi. U oxirida o‘ng qanotga tezlik qo‘shdi. Vinisius esa himoyada yaxshi ishladi va ajoyib gol urishiga bir bahya qoldi. Undan to‘la mamnunman», — dedi Mourinyo.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Leypsig Leypsig
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar