Bugun
38
O'zbek

WTA-2026 yakuniy turnirining barcha ishtirokchilari aniqlandi

Tennis
21 oktabr, 15:56
Musobaqa Indian-Uellsda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
WTA-2026 yakuniy turnirining barcha ishtirokchilari aniqlandi
Foto: Gettyimages

Amerikaning Indian-Uells shahrida bo‘lib o‘tadigan WTA-2026 yakuniy turnirining yakkalik bahslarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan sakkizta tennischi aniqlandi. Ta’kidlash lozim, ishtirokchilar ro‘yxatida sensatsiya kuzatilmadi va amalda hozirgi kunda dunyoning eng kuchli ayol tennischilarining barchasi yakuniy musobaqada ishtirok etadigan bo‘ldi. Biz esa e’tiboringizga mana shu sakkiz nafar tennischi ro‘yxatini taklif qilamiz.

WTA yakuniy turniri-2026: ishtirokchilar tarkibi:

Yelena Ribakina (Qozog‘iston).
Arina Sobolenko (Belarus).
Mirra Andreyeva (Rossiya).
Jessika Pegula (AQSH).
Kori Gauff (AQSH).
Elina Svitolina (Ukraina).
Karolina Muxova (Chexiya).
Linda Noskova (Chexiya).

Yakuniy WTA turniri 8 — 15-noyabr kunlari Indian-Uellsdagi hard qoplamali kortlarda bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, musobaqa umumiy sovrin jamg‘armasi 15,5 million dollarni tashkil etadi. 2025-yilgi musobaqa g‘olibi dunyoning birinchi raketkasi qozog‘istonlik tennischi Yelena Ribakina hisoblanadi.

Bugungi yangiliklar