Bugun
38
O'zbek

Bukayo Saka 10-daqiqada jarohat olib, maydonni tark etdi

Futbol
21 oktabr, 15:34
YECHL umumiy bosqich 3-turi doirasida «Bavariya» — «Arsenal» o‘yini bo‘lib o‘tmoqda.
Bukayo Saka 10-daqiqada jarohat olib, maydonni tark etdi
Foto: Gettyimages
21.10.2026 FT Chempionlar ligasi Bavariya Bavariya 2 : 2 Arsenal Arsenal

YECHL umumiy bosqich 3-turi doirasidagi Myunxennning «Bavariya» klubi va Londonning «Arsenal» o‘yini bo‘lib o‘tmoqda. Bellashuv «Arena Myunxen» stadionida bo‘lib o‘tmoqda.

O‘yinning 10-daqiqasida «Arsenal» yarimhimoyachisi Bukayo Saka jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o‘rniga maydonga Eberechi Eze tushirildi.

Ma’lumot uchun, Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 4-turida «Bavariya» Madridning «Atletiko» klubiga qarshi (3 noyabr) maydonga tushadi, «Arsenal» esa Praganing «Slaviya» (4 noyabr) jamoasi bilan bahs olib boradi.

UYEFA Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi Fransiyaning «PSJ» klubi hisoblanadi. O‘tgan mavsum finalida parijliklar aynan Londonning «Arsenal» jamoasini mag‘lubiyatga uchratgan edi — 1:1 (4:3 pen.). 2024/2025-yilgi mavsumda ham bosh sovrin «PSJ»ga nasib qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Arsenal Arsenal
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar