Live
7
O'zbek

«MYU» Sarr bilan shartnoma imzolamoqchi

Futbol
21 oktabr, 15:18
Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 45 million yevro deb baholamoqda.
«MYU» Sarr bilan shartnoma imzolamoqchi
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» jamoasi «Kristal Pelas» hujumchisi Ismoil Sarr bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda Teamtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, mankunianliklar senegallik 28 yoshli futbolchini hujumning bir nechta pozitsiyasida o‘ynay olishi sababli munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda. Biroq «qizil iblislar» Sarrga qiziqish bildirayotgan yagona klub emas. Futbolchiga «Nyukasl» va «Sanderlend» jamoalari ham qiziqmoqda. Shuningdek, Turkiya va Saudiya Arabistoni klublaridan taklif olish imkoniyatlari ham mavjud.

Ma’lumot uchun, Sarr 2024-yilning avgust oyidan buyon «Kristal Pelas» sharafini himoya qilib kelmoqda. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 45 million yevro deb baholamoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar