«Lion» sport direktori Matyo Lui-Jan hujumchi Karim Benzemaning o‘zining sobiq klubiga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu transfer hech qachon amalga oshishga yaqin bo‘lmagan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar esa shunchaki shov-shuv bo‘lib chiqqan.
«Benzemaning qaytishi amalga oshishga yaqin bo‘lganmidi? Yo‘q, bu hech qachon amalga oshishga yaqin bo‘lmagan. Albatta, men ham sizlar kabi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gaplarni eshitdim.
Uning Saudiya Arabistonidagi shartnomasidan chiqishi bilan bog‘liq muammo bo‘lganini bilaman. Ammo yo‘q, bu haqiqatdan ko‘ra ko‘proq shov-shuv edi. Har qanday holatda ham, ushbu transferni amalga oshirish mumkin bo‘lgan deb o‘ylamayman», — dedi Lui-Jan.
Eslatib o‘tamiz, Benzema «Al-Hilol» bilan shartnomani bekor qilganidan beri erkin agent maqomida.