Angliyaning «Manchester Siti» klubi forvardi Erling Holand, agarda imkoniyat paydo bo‘lsa, faoliyatini Madridning «Real» jamoasida davom ettirishga qarshi emas. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Holand mish-mishlarga qaramay, La Ligada Kilian Mbappe bilan bir jamoada to‘p tepishga tayyor. Biroq Holandning atrofidagilar forvard «Barselona»ga o‘tgani yaxshiroq deb hisoblamoqda va Erling Kataloniya klubida o‘zini yaxshiroq his qiladi, deb o‘ylamoqda. «Barselona» tarkibida Rodri Ernandes borligi va Lamin Yamal bilan bir jamoada harakat qilish varianti kataloniyaliklar foydasiga ishlashi mumkin bo‘lgan argument sifatida tilga olinmoqda.
Ma’lumot uchun, Holand ushbu mavsumda barcha musobaqalarni inobatga olib, hisoblaganda o‘nta o‘yinda maydonga tushdi va 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.