Brunu Fernandesh UYEFA Chempionlar Ligasida «Komo»ga qarshi bahsda Maykl Kerrikning passiv taktikasini ochiqchasiga tanqid qildi.
Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi Brunu Fernandesh UYEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 3-turi doirasida Italiyaning «Komo» jamoasiga qarshi bellashuvda murabbiy Maykl Kerrik tanlagan himoyaviy taktikaga shubha bilan qarashini yashirib o‘tirmadi. Manchesterliklar biroz avval yakunlangan bahsda 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
«Bu murabbiylar shtabining qarori edi — personal pressingni ishga solmaslik, ba’zan ortda bo‘sh zonalar qoldirish, raqibni poylab, keyingina to‘pni olib qo‘yishga harakat qilish. Biroq ba’zan bunday jamoalarga erkinlik taqdim etsang, ular o‘z kuchiga ishona boshlaydi.
Shahsan men Kerrik taktika borasida xatoga yo‘l qo‘ydi, deb hisoblaymanmi? Bunday narsalarni muhokama qilish bosh murabbiy va uning shtabi vakolatiga kiradi, meniki emas. Ammo ba’zida bosim ostida jamoa dadilroq harakat qilishi kerak: ongli ravishda tavakkal qilish, yuqori bosim o‘tkazish va raqibni maydonda iloji boricha noqulay ahvolga solishga harakat qilish», — dedi Fernandesh TNT Sports efirida.