Bugun
38
O'zbek

Parij politsiyasi namoyishlar sabab «PSJ» — «Lion» oʻyinini qoldirishni soʻradi

Futbol
21 oktabr, 17:27
Yakshanbaga belgilangan bahs oʻz vaqtida oʻtkazilmasligi mumkin.
Parij politsiyasi namoyishlar sabab «PSJ» — «Lion» oʻyinini qoldirishni soʻradi
Foto: Getty Images
25.10.2026, 15:45 Liga 1 Fransiya Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain - : - Lyon Lyon

Fransiyadagi norozilik namoyishlari sababli «PSJ» va «Lion» oʻrtasidagi Liga 1 bahsi boshqa sanaga koʻchirilishi mumkin.

Le Parisien nashrining xabar berishicha, Parij politsiya prefekturasi Fransiya Professional futbol ligasiga (LFP) murojaat qilib, yakshanba kuni «Park-de-Prens» stadionida boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan Liga 1 chempionatining 8-turidan oʻrin olgan uchrashuvni boshqa sanaga koʻchirishni soʻragan.

Avvalroq shanba kuni Fransiya boʻylab yangi norozilik namoyishlari oʻtkazilishi rejalashtirilgani haqida xabar berilgandi. Shu sababli «Tuluza» va «Trua» jamoalari oʻrtasidagi shanba kuniga belgilangan bellashuv yakshanba kuniga koʻchirilgan.

Taʼkidlanishicha, yakshanba kuni «Stad de Frans» stadionida NFL doirasida «Pittsburg» va «Nyu-Orlean» jamoalari oʻrtasida ham uchrashuv boʻlib oʻtishi kerak. Ushbu oʻyin xavfsizlikni taʼminlash uchun koʻp sonli politsiya xodimlarini jalb etishni talab qiladi. Shuning uchun uni boshqa sanaga koʻchirish Liga 1 oʻyinini koʻchirishga nisbatan qiyinroq boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, shanba kuni Parij va Fransiyaning boshqa yirik shaharlarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Koʻplab namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi. Buzgʻunchilar doʻkonlarni talon-toroj qilishdi, avtomobillar va binolarga oʻt qoʻyishdi. Shaharlarning tarixiy markazlariga jiddiy zarar yetkazildi.

Namoyishchilar bilan toʻqnashuvlar chogʻida 600 nafardan ortiq politsiya xodimi, jandarm va oʻt oʻchiruvchi jarohat oldi. 2000 nafar kishi qoʻlga olindi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Lyon Lyon
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar