«Lens» hujumchisi Abdalla Sima Fransiya chempionatida so‘nggi 40 yil ichida penta-trik qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi.
Fransiya chempionatining 12-turida «Lens»ning senegallik 25 yoshli hujumchisi «Anje» darvozasiga 5 ta gol urdi. Natijada uning jamoasi 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, Sima chempionatdagi avvalgi oltita uchrashuvida atigi bitta gol urgandi. O‘tgan mavsum davomida esa uning hisobiga ikkita gol yozilgan.
Fransiya chempionatida bundan avvalgi so‘nggi penta-trik 2014-yilda qayd etilgandi. O‘shanda «Nitsa» futbolchisi Karlos Eduardo «Gengam»ga qarshi uchrashuvda (7:2) beshta gol urgan.
Liga 1. 12-tur
Anje – Lens 2:5
Gollar: Amin 20, 48 – Sima 43, 64, 70, 76, 81.