Live
4
O'zbek

Pochettino: «Birdamlikni saqlashimiz, hamjihat bo‘lishimiz va vaziyatni to‘g‘rilash uchun harakat qilishimiz kerak»

Futbol
28 noyabr, 13:28
    29
Argentinalik mutaxassis jamoasining mag‘lubiyati haqida gapirdi.
Pochettino: «Birdamlikni saqlashimiz, hamjihat bo‘lishimiz va vaziyatni to‘g‘rilash uchun harakat qilishimiz kerak»
Фото: Getty Images
28.11.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Yunayted Manchester Yunayted 0 : 4 Brentford Brentford

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino APLning 12-turi doirasida «Brentford»ga (0:4) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Albatta, bu yaxshi ko‘rinish emas. Ayniqsa, avvalgi safar Liverpuldagi ilk o‘yinimizda ham, bugun «Old Trafford»da ham 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lganimizdan keyin vaziyat yanada og‘irlashadi.

Biz birdamlikni saqlashimiz, hamjihat bo‘lishimiz, vaziyatni to‘g‘rilash va rivojlanish uchun harakat qilishimiz kerak. O‘yinimizni kuchaytirishimiz lozim. Bu — bizning hozirgi sharoitimiz va voqeligimiz. Bu holatni oqlash yoki bahona topishning hech qanday ma’nosi yo‘q. Jamoaga kelgan paytimizdayoq bunday vaziyat bo‘lishi mumkinligini bilardik. Ha, bu shunchaki vaqt masalasi.

Menimcha, bugungi uchrashuv biz uchun yaxshi saboq bo‘ldi. Chunki o‘yinni juda yaxshi boshladik. Birinchi golni o‘tkazib yuborgunimizga qadar, taxminan 17–20 daqiqa davomida «Brentford»dan ancha ustun ko‘rindik. Jamoa o‘yinni to‘liq nazorat qildi. Juda yaxshi harakat qildik. Pressingni tashkil etishimiz ham yaxshi edi.

Ammo birinchi golni o‘tkazib yuborganimizdan keyin muammolar boshlandi. Endi bizda ishonch va o‘zimizga bo‘lgan ishonchni qayta tiklash masalasi turibdi. Biroq xuddi shu tarzda o‘ynashda davom etishimiz kerak.

Bunday vaziyat futbolchilarning hissiy holati va ruhiyatiga ta’sir qilishi tabiiy», — deya Pochettinoning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Brentford Brentford
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

29 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar