Live
6
O'zbek

Fernandes o‘z kelajagi borasida hali bir qarorga kelmagan (Romano)

Futbol
27 noyabr, 23:55
Ayni paytda «MYU» bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar to‘xtatilgan.
Fernandes o‘z kelajagi borasida hali bir qarorga kelmagan (Romano)
Foto: 365Scores

«Manchester Yunayted» portugaliyalik yarimhimoyachi Bruno Fernandesning shartnomasida ko‘zda tutilgan bandni bir tomonlama faollashtirib, amaldagi kelishuv muddatini 2028 yilning 30 iyuniga qadar uzaytirdi.

Manchesterliklar bu orqali jamoa sardorining erkin agent sifatida klubni tark etishining oldini olmoqchi. Biroq bu qaror futbolchining «Milan» yoki unga qiziqish bildirayotgan boshqa klublar safiga o‘tishi ehtimolini butunlay yo‘qqa chiqarmaydi.

«Qizil iblislar» shartnomadagi bandni faollashtirish orqali Bruno Fernandesni tekinga qo‘yib yubormaslik choralarini ko‘rdi. Lekin bu futbolchining sotilishi ehtimolini istisno etmaydi.

Ayni paytda yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar to‘xtatilgan, portugaliyalik futbolchi esa o‘z kelajagi borasida hali bir qarorga kelmagan», — dedi taniqli insayder Fabricio Romano.

Eslatib o‘tamiz, Bruno Fernandes 2020 yildan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar