O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi, «Oltin to‘p» sohibi va ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan so‘nggi italiyalik futbolchi Fabio Kannavaro «Latsio»ning A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgani haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, Rim klubining yanvar oyidagi transfer bozorida qanday ish olib borishi jamoaning keyingi natijalari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
«Gattuzo uchun xursandman. Ko‘pchilik uning xorijdagi faoliyatini muvaffaqiyatsiz qaror deb hisoblagandi. Lekin aslida u ham murabbiy, ham shaxs sifatida o‘sdi.
Umid qilamanki, u yanvar oyiga qadar ushbu tempni saqlab qoladi. Keyin esa klub uning ixtiyoriga yangi futbolchilarni olib kela oladimi yoki yo‘q, ko‘ramiz», — deya Kannavaroning so‘zlarini keltiradi FC Inter1908 nashri.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Rim klubini Kannavaroning Italiya milliy jamoasidagi sobiq jamoadoshi Jennaro Gattuzo boshqarib bormoqda.
Avvalroq Fabio maqsadi Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish ekani haqida gapirib o‘tgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi