Live
2
O'zbek

Gattuzo: «Borimiz bilan qanoatlanib qololmaymiz»

Futbol
26 noyabr, 14:20
«Latsio» ustozi A Seriya peshqadami sifatida mavsumdagi maqsadlar va navbatdagi bahs haqida gapirdi.
Gattuzo: «Borimiz bilan qanoatlanib qololmaymiz»
Foto: Getty Images
28.11.2026, 12:00 Italiya A seriyasi Torino Torino - : - Lasio Lasio

«Latsio» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Italiya chempionati 13-turi doirasida «Torino»ga qarshi bo‘ladigan bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Umid qilamanki, bu o‘rnimizni imkon qadar uzoq vaqt saqlab qola olamiz. Ammo oxir-oqibat hammasi maydonda hal bo‘ladi. Vaziyatni faqat turnir jadvaliga qarab baholash to‘g‘ri emas. Menda raqamlarni juda yaxshi tushunadigan Allegri murabbiy bo‘lgan, men esa bu borada unchalik kuchli emasman. Men bugungi kun bilan yashayman. Shu sababli ertaga bizni qiyin bahs kutayotganini va natijalarimizni yaxshilashimiz kerakligini bilaman. Borimiz bilan qanoatlanib qololmaymiz. «Inter» hozir o‘tgan mavsumning shu bosqichidagiga qaraganda ko‘proq ochko jamg‘argan. Bu esa ko‘p narsani anglatadi», — deya Gattuzoning so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Ma’lumot uchun, «Latsio» A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va «Roma» bilan birga chempionatda hali mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, «Torino» — «Latsio» bahsi 28 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Torino Torino
  • Lasio Lasio
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar