«Liverpul» darvozaboni Alisson Beker Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 5-turida «Bryugge»ga qarshi bahsda (3:0) amalga oshirgan golli uzatmasi haqida gapirdi. Braziliyalik futbolchi Aleksandr Isakning goliga assistentlik qilib, turnir tarixida «Liverpul» safida golli uzatma bergan ilk darvozabonga aylandi.
«Albatta, bu darvozabon uchun eng muhim narsa emas, ammo his-tuyg‘ular ajoyib. Jamoaga yordam berayotganimdan xursandman. Hujumchilarga, xususan, Aleksga assist berish yoqimli. Bahs davomida bir necha bor shunday uzatmani amalga oshirishga urindim. To‘pni yaxshi tepib berganimdan xursandman, ammo qolgan barcha ishni Isakning o‘zi bajardi. Gol juda chiroyli chiqdi. Golli uzatma uning eng muhim qismi emas, yakuniy zarba esa haqiqatan ham ajoyib bo‘ldi», — dedi Alisson.
Eslatib o'tamiz, «Liverpul» Belgiyada kechgan bahsda «Bryugge»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.