«Inter» yarimhimoyachisi Nikolo Barella zamonaviy futboldagi o‘zi eng ko‘p kuzatishni yoqtiradigan futbolchi haqida gapirdi. Italiyalik futbolchi «Real» yarimhimoyachisi Jud Bellinghemni alohida e’tirof etdi.
«Men boshqa futbolchilarni kuzatishni yaxshi ko‘raman, chunki ulardan nimanidir o‘rganish mumkin. Hozirgi sevimli futbolchim haqida gapiradigan bo‘lsam, Jud Bellinghemni aytgan bo‘lardim. U hamma narsani eplay oladi. Bu juda kuchli futbolchi, uning mahorati ko‘p qirrali», — dedi Barella TNT Sports Mexico YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli yarimhimoyachi ushbu mavsumda Italiya chempionatining 11 ta bahsida maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi