Live
5
O'zbek

«MYU» Brunu Fernandesh bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirdi — Ornshteyn

Futbol
27 noyabr, 11:45
Klub portugaliyalik yarimhimoyachining shartnomasini uzaytirish bandini faollashtirdi.
«MYU» Brunu Fernandesh bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirdi — Ornshteyn
Foto: Getty Images
28.11.2026, 10:00 Angliya Premer-ligasi Manchester Yunayted Manchester Yunayted - : - Brentford Brentford

«Manchester Yunayted» jamoa sardori va yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirish imkoniyatidan foydalandi. Bu haqda The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi 2027 yil yozida ham jamoani tark etishi mumkin. Biroq endilikda portugaliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan klublar «MYU»ga tovon puli to‘lashi kerak bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, «Manchester Yunayted» klubi APL 12-turi doirasida «Brentford»ga qarshi o'ynaydi. Bellashuv 28 noyabr kuni Manchester shahridagi «Old Trafford» stadionida o‘tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik yarimhimoyachi o‘zini yaxshi his qilmagani sababli juma kungi mashg‘ulotda qatnashmagani va murabbiylar shtabi futbolchiga dam olish uchun vaqt bergani xabar qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Brentford Brentford
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar