Live
5
O'zbek

Alonso «Nottinghem Forest» bilan bahs oldidan «Chelsi»ning maqsadini aytdi

Futbol
27 noyabr, 08:00
London klubi APLning 11-turida «Lids»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin g‘alabali yo‘lga qaytmoqchi.
Alonso «Nottinghem Forest» bilan bahs oldidan «Chelsi»ning maqsadini aytdi
Foto: Getty Images
27.11.2026, 15:00 Angliya Premer-ligasi Nottingem F Nottingem F - : - Chelsi Chelsi

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso APLning 12-turi doirasida «Nottinghem Forest»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan jamoaning kayfiyati haqida gapirdi. Bellashuv 27 noyabr kuni Nottingemdagi «Siti Graund» stadionida o‘tkaziladi.

«Albatta, biz «Lids Yunayted»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin o‘zimizni o‘nglab olishni istaymiz. Ancha yaxshiroq o‘ynay olishimizni ko‘rsatmoqchimiz. Bu navbatdagi bahs oldidan asosiy maqsadimiz. Bizni qiyin bellashuv kutib turibdi va unda o‘z imkoniyatlarimizni namoyish etish uchun raqobatbardosh bo‘lishimiz kerak.

«Lids»ga qarshi bahsdagi mag‘lubiyatning sabablari ko‘p edi. Bu futbolga oid jihatlar — ushbu darajada raqobatlashish uchun yo‘l qo‘ymasligimiz kerak bo‘lgan xatolar. Ularni hisobga olmasak, yaxshi o‘yin ko‘rsata olmaymiz. Shu bois hafta davomidagi strategiyamiz, mashg‘ulotlarimiz va muloqotimiz yanada ishonchli o‘yin namoyish etishga qaratildi.

O‘tgan shanbadagi bahsni tahlil qilsak, bizga nafaqat ayrim futbolchilar, balki muvaffaqiyat uchun zarur bo‘lgan o‘yin elementlari ham yetishmaganini ko‘rish mumkin. Hafta davomida g‘alaba qozonish va har bir bahsga tayyor bo‘lish uchun futboldagi ushbu asosiy ko‘nikmalar qanchalik muhimligini muhokama qildik. Albatta, navbatdagi o‘yinda ham ularga ehtiyoj sezamiz», — deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

«Nottinghem Forest» — «Chelsi» bahsi Toshkent vaqti bilan 28 noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nottingem F Nottingem F
  • Chelsi Chelsi
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar