«Chelsi»ning o‘ng qanot himoyachisi Malo Gusto APLning boshqa grandlari qiziqishini jalb etishda davom etmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, fransiyalik 23 yoshli futbolchining holatini «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari kuzatib bormoqda.
Malo bu mavsumda «ko‘klar»da yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Shunga qaramay, «Chelsi» uni sotish niyatida emas. Londonliklar futbolchining transfer qiymatini qariyb 90 million yevro etib belgilagan.
Gustoning transferini amalga oshirishda asosiy da’vogar sifatida «Manchester Siti» ko‘rilmoqda. Manchesterliklar bosh murabbiyi Enzo Mareska futbolchi bilan «Chelsi»da birgalikda ishlagan va uni yaxshi taniydi.
Transfermarkt portali Maloning bozor qiymatini 35 million yevro deb baholamoqda.