Live
11
O'zbek

Rossiya kubogi. «Rubin» penaltilar seriyasida «Rodina»ni mag‘lub etdi

Futbol
25 noyabr, 15:08
    5
Bu bahsda qozonliklar safida Jahongir O‘rozov maydonda to‘liq o‘ynadi.
Rossiya kubogi. «Rubin» penaltilar seriyasida «Rodina»ni mag‘lub etdi
Фото: Getty Images

Rossiya Kubogi guruh bosqichining 6-turidan o‘rin olgan «Rubin» va «Rodina» jamoalari o‘rtasidagi bahs 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa mezbonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 38-daqiqasida «Rodina» hujumchisi Artyom Maksimenko hisobni ochdi. 69-daqiqada esa «Rubin» forvardi Eddi Salsedo muvozanatni tikladi.

Shu tariqa, «Rubin» olti turdan so‘ng olti ochko jamg‘arib, A guruhida uchinchi o‘rinni egalladi. Qozonliklar musobaqadagi ishtirokini Rossiya Kubogining Hududlar yo‘lida davom ettiradi.

To‘rt ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinni egallagan «Rodina» esa Rossiya Kubogidagi ishtirokini yakunladi.

Bu bahsda qozonliklar safida Jahongir O‘rozov maydonda to‘liq o‘ynadi.

Rossiya kubogi. 6-tur
Rubin
– Rodina 1:1 (penaltilar seriyasi: 3:0)
Gollar: Salsedo 69 – Maksimenko 38.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Rubin Qozon Rubin Qozon
  • Rodina Rodina
  • Rossiya kubogi Rossiya kubogi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar