«Manchester Siti», «Bavariya» va «Barselona» klublarining sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardioladan argentinalik hujumchi Lionel Messi darajasiga yeta oladigan futbolchi bor-yo‘qligi haqida so‘rashdi.
«Menimcha, hayotligimda bunday futbolchini ko‘rmayman. Ajoyib futbolchilar ko‘p, ammo kim 15–20 yil davomida shunday yuqori saviyani saqlab tura oladi? Bunday o‘yinchini ayta olmayman.
Albatta, yangi iqtidorli futbolchi paydo bo‘lishi mumkin. Ammo shuncha yil davomida xuddi shunday darajada o‘ynash va bunday go‘zal futbol namoyish etish... Yo‘q», — deydi Gvardiola Romarioga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi hozirda MLSda faoliyatini davom ettirmoqda va «Inter Mayami» klubida o‘ynamoqda.
Pep avvalroq Messi bilan birga ishlagan davrlari haqida gapirgandi.
Pep: «Menimcha, hayotligimda Messidek futbolchini boshqa ko‘rmayman»
Futbol
25 noyabr, 10:03
«Barselona»ning sobiq bosh murabbiyi argentinalik hujumchining darajasiga yetaladigan futbolchi bor-yo‘qligini aytdi.
Foto: Getty Images