Live
5
O'zbek

Taekvondo. O‘zbekiston jahon Gran-prisida to‘liq tarkib bilan ishtirok etadi

Boshqalar
25 noyabr, 09:22
Ostonadagi turnir Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolarini taqdim etadi.
Taekvondo. O‘zbekiston jahon Gran-prisida to‘liq tarkib bilan ishtirok etadi
Foto: Olympic uz

28-29 noyabr kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida taekvondo WT bo‘yicha «World Taekwondo Grand-Prix» musobaqasi o‘tkaziladi.

Los-Anjeles-2028 Olimpiya o‘yinlari uchun muhim reyting ochkolarini taqdim etadigan ushbu nufuzli turnirda O‘zbekiston jamoasining quyidagi olti nafar vakili medallar uchun bahs olib borishi ma’lum bo‘ldi:

Erkaklar:
-68 kg: Najmiddin Qosimhojiyev
-80 kg: Jasurbek Jaysunov
+80 kg: Marat Mavlonov

Ayollar:
-57 kg: Madina Mirabzalova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
+67 kg: Svetlana Saidova

Bugungi yangiliklar